Shrift hajmi
Tizim rangi

JARAYON

Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari  bosh boshqarmasi  tizimidagi Yo‘llardan foydalanish davlat muassasalari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 860 ta yangi yo‘l belgilari o‘rnatildi.  Bosh boshqarma tassarrufidagi 4022 km umumfoydalanuvdagi yo‘llarda mavjud 480 ta yo‘l belgilari ta’mirlandi. Bu orqali 942 km umumfoydalanuvdagi yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar but holatga keltirildi. Viloyat miqyosida 12 ta yangi svetofor qurilmalari o‘rnatildi.  Mahalliy aholiga  qulayliklar yaratish maqsadida 9 km piyodalar yo‘laklari bunyod etildi. 218 ta manzilda piyodalar o‘tish joylarini belgilash ishlari amalga oshirildi.   Ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.